Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanida joylashgan bo‘sh turgan dam olish maskani kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilgan.

Foto: E-auksion

Yer uchastkasining umumiy maydoni — 3,9 gektar. Binoning maydoni — 2 217 kvadrat metr. Unda suv va elektr ta’minoti bor. Gaz va kanalizatsiya tizimi mavjud emas.

Auksionga qo‘yilgan aktivning boshlang‘ich bahosi — 5,1 mlrd so‘m edi. Savdolar 1-avgust kuni 10:00 da o‘tkazildi va yer 5,4 mlrd so‘mga sotildi.

G‘olib sifatida “Namangan mukammal ta’minot” korxonasi ko‘rsatilgan. Kimoshdi savdosi 10 daqiqa davom etgan.

Avvalroq Qashqadaryodagi molxona auksionda qariyb 500 million so‘mga sotilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti