2022-yil yanvar—iyul oylarida onlayn nazorat kassa texnikasi (onlayn-NKT) orqali eng ko‘p realizatsiya qilingan mahsulot va xizmatlar ro‘yxati aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq xizmati xabar berdi.
2022-yil yanvar—iyul oylarida onlayn-NKTlar orqali 90,7 trln so‘mlik mahsulot va xizmatlar realizatsiya qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 barobarga ko‘p.
Shundan:
- Onlayn-NKT orqali taqdim etilgan cheklar – 390,7 mln dona;
- Cheklarda aks etgan MXIK – 187,7 ming xil;
- MXIK to‘g‘ri aks ettirilgan realizatsiya summasi – 86,2 trln so‘m.
2022-yil iyul oyida shu yilning yanvar oyiga nisbatan onlayn-NKT orqali amalga oshirilgan realizatsiya summasi 146,6 foizga oshgan. Yanvar oyida — 10,5 trln so‘m, iyul oyida — 15,4 trln so‘m.
Realizatsiyaning qilingan mahsulot va xizmatlarning 33,8 foizi oziq-ovqat, 48,5 foizi nooziq-ovqat, 12,8 foizi ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga to‘g‘ri keladi.
Avvalroq O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun pul to‘lash tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)