Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Turkmanistonda maymunchechak tarqalishiga qarshi choralar ko‘rilmoqda. Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati vazirligi teri-tanosil kasalliklari dispanserlarida yuqumli kasallik belgilari bo‘lgan bemorlarni izolyatsiya qilish uchun karantin bo‘limlarini tashkil etishni buyurdi, deb yozadi “Xronika Turkmenistana”.

Foto: “Vademec.ru”

Shuningdek, karantin lagerlarida ham xorijdan kelgan fuqarolar saqlanadigan alohida zonalar tashkil etiladi.

Iyul oyi oxirida Rossiya Turkmanistonga maymunchechak uchun testlar yuborgan edi. Bunday yordam haqida tomonlar Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning 10—11-iyun kunlari Moskvaga tashrifi chog‘ida kelishib olgan.

Turkmanistonda tibbiyot xodimlari yetishmasligi sababli tibbiyot oliy o‘quv yurti bitiruvchilarini shifoxonalar va terini parvarishlash dispanserlarining yuqumli kasalliklar bo‘limlariga amaliyotga yuborish imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.

Shifokorlarga maymunchechak alomatlari bo‘lgan bemorlarni diqqat bilan kuzatib borish buyurilgan. Misol uchun, o‘tgan hafta Bayramali shahrida bir qiz husnbuzardan qanday qutulish bo‘yicha tavsiyalar olish uchun mahalliy dermatologiya klinikasiga murojaat qilgan. Shubhasiz, bu o‘smirlikka xos bo‘lsa-da, navbatchi shifokor buni xavfli deb o‘ylab, qizni izolyatsiya qilingan palataga joylashtirgan. Tekshiruv natijalarini kutmasdan, u tashxisda “maymunchechakdan shubhalanayotgani”ni ta’kidlagan.

Oradan bir necha kun o‘tgach, barcha tahlillar koronavirus va maymunchechak yo‘qligini ko‘rsatgach, qizga uyiga ketishga ruxsat berildi. Ma’lum bo‘lishicha, u kasalxonada bo‘lganida shifokorlar uning butun oilasidan test olishgan. Natijalar manfiy chiqqan.

Shu bilan birga, Turkmaniston OAVlari qayd etishicha, politsiya jamoat transporti va do‘konlarda niqob rejimiga rioya etilishi ustidan nazoratni yana kuchaytirgan. Ilgari, rasmiylar 1-iyundan ko‘chalarda majburiy niqob taqishni bekor qilgandan so‘ng, politsiya niqoblarga e’tibor bermay qo‘ygandi.

Bundan tashqari, birinchi sinf o‘quvchilari sentabr oyida maktabni boshlashdan oldin COVID-19 yo‘qligini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etishi kerak bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi