Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Kumushdan yasalgan zargarlik buyumlari vaqt o‘tishi bilan qoraya boshlaydi yoki eskiradi. Ularni bir necha daqiqada tozalashning ko‘plab oddiy usullari bor.

Har kuni foydalanilmaydigan zargarlik buyumlari ham vaqt o‘tishi bilan eskiradi va rangini yo‘qota boshlaydi. Bunday hollarda ularni tozalash zarur. Zargarlik buyumlari kumushdan yasalgan bo‘lsa, ularni sifatiga zarar yetkazmasdan tozalash muhim ish hisoblanadi.

Foto: “Noviy ochag”

Kumush yumshoq metall turiga kiradi, shuning uchun unga zarar yetqizmasdan tozalash kerak. Har kuni ishlatiladigan, uzoq vaqt davomida noto‘g‘ri sharoitlarda saqlanadigan zargarlik buyumlari tezda sifatini yo‘qotadi.

Zargarlik buyumlari nima sababdan qorayadi?

Foto: “Noviy ochag”
  • namlik, ayniqsa, sho‘r dengiz havosi ta’siri tufayli;
  • suzish havzalarida xlor va sport zallaridagi mashg‘ulotlar sababli;
  • terlash;
  • losyonlar, qo‘l kremlari va boshqa kosmetika vositalaridan foydalanish;
  • uy ishlari: idishlarni yuvish, kir yuvish, tozalash, pishirish.
Kumushni qanday saqlash kerak?
  1. Kumush qorayishining oldini olish uchun uni yumshoq, shaffof bo‘lmagan qopchalarda salqin, quruq va qorong‘i joyda saqlang. Namlik qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi.
  2. Qopchaga bo‘r yoki silika jelini qo‘shishingiz mumkin (namlikni yutish uchun to‘plar).
  3. Mahsulotlarni hammom yoki nam joylarda saqlamang.
  4. Dush qabul qilish, hammomga borish, suzish yoki idishlarni yuvishdan oldin uzuklarni, sirg‘alarni va boshqa kumush taqinchoqlarni yechib qo‘ying.
  5. Teringizga krem ​​va parfyum surtganingizdan keyin zargarlik buyumlarini taqing.
Kumush zargarlik buyumlarini qanday tozalash kerak?

Foto: “Noviy ochag”
  1. Iliq suvga idish yuvish vositasini yoki bolalar shampunini soling va zargarlik buyumlarini shu suvga yuvib oling. Bu zargarlik buyumlarini tozalashning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi.
  2. Iliq suvga bir necha tomchi suyuq sovun qo‘shing. Ko‘pik hosil bo‘lguncha aralashtiring va 5-10 daqiqa davomida zargarlik buyumlarini yuving.
  3. Zargarlik buyumlaridagi kirni iliq suvda, tish cho‘tkasi yoki yumshoq cho‘tka bilan yuving.
  4. Zargarlik buyumlari qurigandan so‘ng, uni mikrofiber mato yoki kumush zargarlik buyumlarini tozalovchi mato bilan yaxshilab artib oling. Ko‘zoynakni artish uchun ishlatiladigan mato ham mos keladi, lekin qog‘oz salfetkalardan foydalanmaslik tavsiya etiladi.
Qimmatbaho toshli kumush zargarlik buyumlarini ham tez-tez sovunli suv bilan tozalash mumkin, biroq buyum mo‘rt bo‘lsa, uni professional tarzda tozalagan ma’qul.

Kumush zargarlik buyumlari ko‘pincha sof kumushdan tayyorlanmaydi. Odatda kumush zargarlik buyumlarining 92,5 foizi kumush, 7,5 foizi mis aralashmasi bo‘lib, mahsulotlarga o‘ziga xos yorqinlik, chidamlilik va mustahkamlikni beradi. U sifatini tezroq yo‘qotadi.

Zargarlik buyumlarini tish pastasi bilan yuving, bu samarali usullardan biri, biroq oqartirish vositalaridan foydalanmang.

Sterling kumushni iste’mol soda bilan tozalash

Suvga iste’mol sodasini solib aralashmani zargarlik buyumlariga surting. Sodali suv quriguncha kuting va buyumlardan qoplamani olib tashlang. Sodaning o‘rniga makkajo‘xori kraxmalidan ham foydalanishingiz mumkin.

Limon va zaytun moyi bilan tozalash

Yarim stakan limon sharbatiga bir choy qoshiq zaytun moyini qo‘shing. Ushbu aralashmaga toza matoni botirib, kumush toza bo‘lguncha arting.

Sirka va iste’mol sodasi bilan tozalash

Yarim stakan sirkaga ikki osh qoshiq soda qo‘shing, aralashmaning ichiga zargarlik buyumlarini soling va 2-3 soatga qoldiring. Buyumlarni yuvib oling. Sirka g‘ovakli toshlarning sifatini buzishi, iste’mol sodasi esa yumshoq metallga zarar berishi mumkinligini ham hisobga oling.

Mavzuga doir:

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Kayli Jenner — 25 yoshda: chandig‘i bilan faxrlanadigan, fermer bo‘lishni orzu qiladigan sayyoradagi eng yosh milliarder qiz haqida qiziqarli ma’lumotlar
Sport
Rasman: Mahmud Murodov UFC 280 da jang qiladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 13-avgust kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumoti