Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

“Daryo” manbalariga Toshkent viloyatida o‘g‘il o‘z onasini o‘ldirgani haqida ma’lumot kelib tushdi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura matbuot xizmatiga murojaat qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bosh prokuratura mazkur xabarni tasdiqladi. Aniqlanishicha, 2022-yil 31-iyul soat 21:00 larda 2006-yilda tug‘ilgan bola yashash xonadonida onasini oilaviy kelishmovchilik sababli qasddan o‘ldirish maqsadida ikki nafar voyaga yetmagan tanishlarini uyiga yordamlashish uchun chaqirgan.

Shu vaqt u jinoiy sheriklari bilan onasini qasddan o‘ldirib murdani yashash uyining yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumondorlar protsessual tartibida ushlangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?