Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro shahrida aksiz markasi bo‘lmagan 36,3 million so‘mlik tamaki mahsulotlari ushlab qolindi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro S.A. boshqaruvidagi Labo to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda ushbu fuqaro tomonidan Toshkent shahridan o‘ziga notanish bo‘lgan shaxslardan sotib olingan va qayta sotish maqsadida Buxoro shahrida joylashgan savdo do‘koniga olib kelinayotgan tamaki mahsulotlari borligi aniqlangan.

Xususan, umumiy qiymati 36,3 million so‘mga teng bo‘lgan ko‘p miqdordagi, xorijiy davlatda ishlab chiqarilgan, aksiz markasi bo‘lmagan jami 1720 quti “Milano London”, 350 quti “Milano Tech Lock”, 20 quti “Milano Grape”, 160 quti “Esse Gold”, 450 quti “Esse chenge”, 190 quti “Mond Kofe” va 40 quti Marlboro nomli tamaki mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Holat yuzasidan fuqaro S.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi