Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lab bo‘yog‘ining bugungi kunda turli rangdagisini topish mumkin. U obrazni to‘ldiradi hamda kayfiyatga ham bevosita ta’sir o‘tkazadi. Lekin faqatgina surkalib ketmasa. “Noviy ochag” ayollarning ushbu nozik masalasi bo‘yicha ajoyib layfxak bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Buning uchun dastlab doimgidek makiyaj vositalari yuzga qo‘llaniladi: tonal kremi, tush, ten, upa kabilar.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Keyingi bosqich lablarni qalam bilan bo‘yash jarayonidir. Buning uchun foydalaniladigan lab bo‘yog‘i bilan bir xil qalam kerak bo‘ladi. Qalam bilan lablar markazdan burchakka qarab bo‘yaladi. Qalam lab bo‘yog‘iga qaraganda ancha yog‘siz bo‘lgani uchun ham dastlab qalam bilan bo‘yash lozim.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Ikkinchi qadam lablarga kukunli upa surtish bilan bilan bog‘liq. Maxsus cho‘tka kukunli upaga botiriladi va yengil harakat bilan lab yuzasiga surtiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Navbat lab bo‘yog‘iga keldi. Uning har qanday turdagisidan foydalanish mumkin. Lablarga surtish jarayonida kist yordamida chet qismlariga yaxshilab ishlov beriladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Ustidan yana kukunli upa surtiladi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Yuqoridagi jarayon yana bir marta takrorlanadi. Shundagina kutilgan natijani ko‘rish mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Nihoyat lab bo‘yog‘i chidamli bo‘lib, issiq havoda ham surkalib ketmaydi. Muhimi ayollar ushbu layfxakdan keyin bu borada muammoga duch kelmaydi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 26-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi?
Salomatlik
Filtrlangan, qadoqlangan yoki qaynatilgan: organizm uchun eng foydali suv qaysi?
Mahalliy
Wizz Air Toshkent va Samarqandga parvozlar sonini oshirmoqda