Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Quyidagi oddiy usullar nafaqat vaqtingizni, balki pulingizni ham tejaydi.

Foto: Freepik

Foto: Freepik

Qo‘llashdan oldin qora qalamni qizdirib oling

Ko‘z chetiga tekis va silliq strelka chizish uchun ko‘zga surtiladigan qalamni qizdirish kerak. Buning uchun qalam uchini olovga (masalan, zajigalkaga yoki yonib turgan gugurtga) bir soniya qo‘ying, sovishi uchun taxminan 15 soniya kuting. Strelka qanchalik tartibli va chiroyli chiqqanidan hayron qolasiz!

Makiyajni turli xil yorug‘likda sinab ko‘ring

Uydan chiqishdan oldin qilingan makiyajni boshqa yorug‘likda ham tekshiring: kechki payt yorqinroq chiroq ostida yoki kunduzgi yorug‘likda. Bu yuzning notekisligini yoki ko‘z qovoqlarida qolgan ortiqcha tenlarni ko‘rishga yordam beradi.

Shaffof asos bilan birgalikda oq lakdan foydalaning

Manikyurni yorqinroq qilish uchun shaffof asos bilan birga oq lak qo‘llang: u tirnoq plastinkasini bo‘yoqlardan samarali himoya qiladi, shuningdek, asosiy lak rangini yanada yorqin ko‘rsatadi.

Kipriklaringizni to‘g‘ri bo‘yang

Kipriklarni bo‘yashda tush cho‘tkasini yuqoriga emas, balki burun tomonga yo‘naltiring – shunda kipriklar qalinroq, ko‘zlar esa katta va ifodali ko‘rinadi.

Atirni to‘g‘ri qo‘llang

Puls nuqtalariga: bilaklar, quloqlarning orqasi, bo‘yin tagiga seping.

Bo‘shagan kosmetikani tashlab yubormang

Suyuq bo‘yanish bazasi tugadimi? Naychani kesib oling va idish devorlarida to‘plangan qoldiqni kichik idishchaga quying. Qanchalik ko‘p baza qolganiga hayron qolasiz.

Oq qalam bilan ko‘zlarga urg‘u bering

Oddiy, ammo samarali usul: oq qalamni butun ko‘z qovog‘iga surting, shundan keyingina tendan foydalaning. Oq qalam rangni yaxshilaydi va ko‘zlarni yanada jozibali qiladi.

Lab bo‘yog‘iga pudra surting

Pomada labingizda uzoqroq turishini xohlaysizmi? Bo‘yalgan lablarga salfetka qo‘ying va ustiga bir oz pudra seping. Ajoyib effekt beradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin oktabr o‘rtalarida Ostonaga tashrif buyurishi mumkin
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?