Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaxshi parvarish qilish va tartiblilik — go‘zal obraz yaratishning asosiy shartlari bo‘lib, u hatto eng murakkab tanqidchilardan ham shubha tug‘dirmaydi. Va ko‘pincha makiyaj va parvarish qilishda asosiy qoidalarga rioya qilmaslik boshqalarning masxaraomuz qarashlariga va nomaqbul izohlarga sabab bo‘ladi.

Ulama kiprik

Foto: Legion-Media

Foto: Legion-Media

Agar tabiat sizni qalin va uzun kipriklar bilan mukofotlamagan bo‘lsa, buni odatdagidek qabul qiling yoki tabiiy effektli, ya’ni unchalik ko‘zga tashlanmaydigan sun’iy kipriklardan foydalaning. Ulama kipriklar obrazni arzonlashtiradi, odatda bachkana bo‘lib ko‘rinadi.

Kunduz uchun kechki bazm pardozi

Foto: Legion-Media

Foto: Legion-Media

Har qanday makiyaj sharoitga mos bo‘lishi kerak, shunda o‘zingizni ishonchli va qulay his qilasiz. Kechki bazm pardozi ko‘proq chidamli kosmetik mahsulotlarni talab qiladi: masalan, yuz konturi yonoq suyaklarini ta'kidlab, yanada to‘yingan, ko‘z makiyaji esa yorqinroq bo‘lib, kamera chirog‘i ostida benuqson ko‘rinasiz. Kunduzgi makiyajda ushbu usullardan foydalangan holda, qo‘pol ko‘rinish ehtimoli yuqori.

Mos kelmaydigan soch turmagi

Foto: Legion-Media

Foto: Legion-Media

Uyg‘unlikka erishish oson. Kundalik obraz imkon qadar sodda, murakkab elementlarsiz bo‘lishi kerak. Kechki soch turmagi ham tashrif buyurishni rejalashtirgan joyga mos kelishi kerak: teatr, klub, restoran kabi.

O‘sgan qoshlar

Foto: Legion-Media

Foto: Legion-Media

E’tibor berilmagan qoshlar tartibsiz ko‘rinadi. So‘nggi yillarning asosiy tendensiyalaridan biri bu — tabiiylik, ammo uni tom ma’noda qabul qilmasligingiz kerak. Ha, tabiiy soch rangi va makiyaj birinchi o‘rinda, lekin o‘sib ketgan va tartibsiz qoshlar obrazni buzadi.

Tartibsiz manikyur

Foto: Legion-Media

Foto: Legion-Media

Lakli tirnoqlardan ko‘ra, qoplamasiz tabiiy manikyur qildirgan ma’qul. Bu nyuans ayniqsa yorqin ranglarda, masalan, qizil rangda juda muhimdir.

Har uch haftada tirnoqlaringizni manikyur, aks holda tartibsiz tirnoqlar qo‘llarning eng kichik kamchiliklarini ta’kidlaydi va umumiy ko‘rinishni buzadi.

Muammoli teri uchun qalin makiyaj

Foto: Legion-Media

Foto: Legion-Media

Hatto eng qimmat tonal krem ham “silliq teri” effektiga erishishga yordam bermaydi. Muammoli teriga ega bo‘lgan qizlarga mutaxassislarning professional parvarishi bilan birlashtirilgan yengil pardozni tanlash tavsiya etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi