Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Andijon va Namangan viloyatlarida imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi, deb xabar beradi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “J.G.” MCHJ rahbari T.M. va boshqalar hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 800 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini “A.T.” MCHJ hisob raqamiga ishlab chiqarish dastgohlarini sotib olish uchun o‘tkazib, keyinchalik ushbu dastgohlarni naqd pulga sotib yuborgani aniqlangan. Ular shu yo‘l bilan kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan.

Shuningdek, Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.F.” MCHJ rahbari X.Y. va boshqalar muzlatkich omborini qurish uchun bank muassasasidan ajratilgan 440 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini talon-taroj qilgani aniqlangan. Ular pullarni “T.T.” MCHJ rahbari B.P. orqali naqdlashtirib olib o‘zlashtirgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)