Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Qurilish: Usmon” serialining suratga olish guruhi a’zolarini omma oldida haqorat qilishda ayblangan Burak O‘zchivitning ishi bilan bilan bog‘liq sud jarayoni bir yildan ortiq davom etdi, deb yozadi “Yandeks Dzen”.

Foto: “Kinopoisk.ru”

Foto: “Kinopoisk.ru”

Voqea 2020-yil 8-dekabr kuni sodir bo‘lgan. Aktyor suratga olish guruhi a’zolarini kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilganlikda ayblangan. Shundan so‘ng guruh a’zolari aktyor ustidan sudga shikoyat qilgan. O‘z navbatida Burak O‘zchivit ham tergovchilarga bunday hodisa bo‘lmaganini ma’lum qilgan.

Foto: “Kinopoisk.ru”

Foto: “Kinopoisk.ru”

Ushbu ish sud yarashuvi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga tegishli bo‘lgani sababli dastlab Yarashuv byurosida ko‘rib chiqilgan, biroq tomonlar kelisha olmagan. Tomonlar kelishuvga erisha olmaganini inobatga olib, prokuratura ishni sudga olib chiqish kerak, deb hisoblagan. Natijada prokuratura ayblanuvchiga 3 oy 15 kundan 4 yil-u 1 oygacha muddatda qamoq jazosini talab qilgan.

Foto: “Kinopoisk.ru”

Foto: “Kinopoisk.ru”

Sud ishi yakunlandi. Unga ko‘ra sud ayblanuvchi Burak O‘zchivitni 3000 liralik jarimaga hukm qildi. Sud ayblanuvchining boshqa jinoyat sodir etmagani va bu uning birinchi ishi ekani haqidagi xulosaga kelib, hukm ijrosini keyinga qoldirishga qaror qildi. Shunday qilib, ayblanuvchiga jarimani to‘lashga ham hojat qolmadi.

Foto: “Kinopoisk.ru”

Foto: “Kinopoisk.ru”

Aslida ishchilar o‘z vazifalarini noto‘g‘ri bajarayotgani va kaskadyorlar bilan tez-tez tortishib qolishi aktyorning noxush hodisa aybdoriga aylanib qolishiga sabab bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, ishchilar aktyor foydalanayotgan otning egarini yaxshi mahkamlamagan va poyga vaqtida Burak otdan yiqilib tushishiga bir baxya qolgan. Sudyaning qaroriga ko‘ra, g‘azab ustida aytilgan so‘zlar noto‘g‘ri bo‘lsa-da, to‘liq asosli deb topilgan.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Qurilish: Usmon” serialida uzoq davom etgan suratga tushish ishlari va sud jarayoni yakunlanganidan so‘ng Burak O‘zchivit oilasi bilan tinch-osoyishta dam olishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, uning rafiqasi Fahriye Evjen ham “Alparslon” loyihasining birinchi mavsumida suratga tushish ishlarini yakunlagan va ikkinchi farzandiga homiladorligi uchun ijodiy faoliyatidan tanaffus qilishga qaror qilgan. Yulduzli juftlik Farhiye Evjen va Burak O‘zchivit 2017-yilda turmush qurgan, ularning birinchi farzandi Karan 2019-yilda dunyoga kelgan. Endilikda ikkinchi marta ota-ona bo‘lishini ma’lum qilgan juftlik ijoddan biroz dam olishga qaror qildi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Shuningdek, oilaviy yaxta sayohatidan olingan suratlarni o‘z sahifasida baham ko‘rgan Burak O‘zchivit shamol ta’sirida o‘zining g‘ayrioddiy soch turmagi bilan kun mavzusiga aylandi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Uning rafiqasi Fahriye Evjen Burak haqidagi hazillarga nisbatan jim turolmadi, uni ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilingan bolakay surati bilan taqqosladi.

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Ayni damda juftlikning Bodrumdagi oilaviy dam olish davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi