Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida Labo’ning daraxtga urilib, yonishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 7-iyul kuni 05:30 da tumanning “Ko‘lelash” MFY, Qo‘qon—Yaypan yo‘lining Elash ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Labo yuk avtomobili 1982-yilda tug‘ilgan Sh.X. harakatlanish vaqtida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi chinorga urilishi oqibatida yonib ketgan.
Yong‘inga yong‘in-qutqaruvchilar 05:40 da yetib borib, 05:41 da o‘rab olgan va 05:44 da o‘chirgan.
Voqea oqibatida 2 nafar fuqaro yengil tan jarohati bilan O‘zbekiston tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan. Hozirda ularning sog‘lig‘i yaxshi.