Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

JPMorgan tahlilchilarining fikricha, jahonda neft narxi bir barrel uchun “misli ko‘rilmagan” 380 dollarga yetishi mumkin. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Foto: Bloomberg / George Osodi

Foto: Bloomberg / George Osodi
G7 davlatlari hozirda Rossiya neftining maksimal narxini cheklashni muhokama qilmoqda. Rossiya bunga javoban neft qazib olishni kuniga 5 million barrelga qisqartirishi mumkin.

 

Bunday keskin qisqarish butun dunyo uchun jiddiy oqibatlarga olib keladi, — deb yozadi JPMorgan.

Agar Rossiya neft qazib olishni 3 million barrelga kamaytirsa, jahon birjalarida bir barrel narxi 190 dollargacha oshishi mumkin.

Agar ishlab chiqarish 5 million barrelga kamaysa, narx 380 dollargacha ko‘tarilishi hech gap emas, deya xabar beradi JPMorgan.

Hozir Brent neftining bir barreli 111 dollar atrofida.

Avvalroq Energetika vazirligi jahondagi neft narxlarining O‘zbekistondagi benzin narxlari bilan bog‘liqligi haqida izoh bergan edi. Xususan, eng kuchli ta’sir import xomashyosidan ishlab chiqariladigan Ai-91, Ai-92, Ai-95 markalaridagi benzinga nisbatan kuzatiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
G‘aniyev va Voitov klasterlarga past narxda paxta sotishni xohlamagan fermerlarga bosim o‘tkazilayotganini o‘rganadi
Mahalliy
“Ba’zi hokimlar, vazirlik rahbarlari o‘zlarini go‘yo xonlardek tutib, to‘rachilik kayfiyatiga berilib ketgan” — Sardor Umrzoqov
Mahalliy
“Ularni kim deb atash mumkin?” Sardor Umrzoqov maishatboz rahbarlarni tanqid qildi