• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ruslanbek Davletov: “Endi hech kim osonlikcha birovning uyini ‘snos’ qila olmaydi!”

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov “snos”larga barham beradigan muhim qonun prezident tomonidan imzolanganini ma’lum qildi.

    “Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ‘snos’ muammosiga e’tibor qaratar ekan, bunday holatga butunlay barham berish uchun uy-joy bo‘yicha konstitutsiyaviy kafolatni belgilab qo‘yish lozim degan edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu konstitutsiyaviy kafolatning huquqiy asosini miridan sirigacha belgilab beradigan qonun davlat rahbari tomonidan imzolandi.

    Uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng demokratik jarayonlar chig‘irig‘idan muvaffaqiyatli o‘tgan “Yer uchastkalarini kompensasiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun xalqimizni bir necha yildan buyon qiynab kelgan muammolarga barham berishiga ishonamiz”, deb yozdi Adliya vaziri o‘zining Facebook’dagi sahifasida.

    Qonunga ko‘ra, yer uchastkalarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga asos bo‘ladigan maqsadlarning tugal ro‘yxati tasdiqlanmoqda. Endi qonunda belgilangan haqiqatan ham jamoat ehtiyoji bo‘lgan 6 ta maqsaddan boshqa har qanday holatlarda yer uchastkalarini olib qo‘yishni jamoat ehtiyojlari uchun deb baholash taqiqlandi.

    “Qonunning yana bir yutug‘i shundaki, yer uchastkasi jamoat ehtiyojlarini amalga oshirish uchun boshqa chora bo‘lmaganda – eng so‘nggi chora sifatidagina olib qo‘yilishi mumkin. Eng muhimi tashabbuskor yer uchaskasini olib qo‘yish eng so‘nggi chora ekanini mahalliy kengash va jamoatchilik oldida isbotlab berishi kerak bo‘ladi.

    Endi “snos”ga tushgan bino uchun kompensasiya to‘lashga zarur mablag‘ bo‘lmasa, bunday tashabbus bilan chiqilmaydi, ya’ni “buzaveraylikchi kompensasiya bir gap bo‘lar” qabilidagi gaplar ketmaydi”,  — deb yozadi Ruslanbek Davletov.

    Huquq egasi bilan kelishuvga erishilmagan taqdirda, huquq egasini kelishuvni imzolashga jismonan majbur qilish maqsadida turar yoki noturar joyni suv, kanalizatsiya, elektr, aloqa (internet ham), issiqlik va gaz tarmoqlaridan uzib qo‘yishga, kirib chiqish yo‘lini to‘sib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Endi quyidagi huquqlar kompensatsiya qilib berilishi aniq qilib belgilab qo‘yilyapti:

    • ko‘chmas mulk obyektlarining bozor qiymati;olib qo‘yilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning bozor qiymati (qishloq xo‘jaligi yerlaridan tashqari);
    • ko‘p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
    • ko‘chish va boshqa uyni vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog‘liq xarajatlar;
    • yer uchastkasidan va unda joylashgan ko‘chmas mulk obyektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin bo‘lgan boy berilgan foyda;
    • huquq egasining boshqa xarajatlari va zararlari.
    “Ko‘pchilik davlatlarda mavjud bo‘lmagan yangi turdagi to‘lov kompensatsiya kiritilmoqda. Huquq egasiga keltirilgan noqulayliklar uchun ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

    Yana bir muhim kafolat shundan iboratki huquq egasiga qonuniy tegishli bo‘lgan yerda o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar va noturar joylar uchun ham kompensatsiya to‘liq beriladi.

    Bundan tashqari buzishga tushganda kompensatsiya beriladigan uy-joylar ko‘lami kengaytirildi – endi agar aholi punkti ichida joylashgan, lekin “kadastri bo‘lmagan” uylar buzilsa ham, agar ushbu yer bo‘yicha 15 yildan ortiq soliqlar to‘lab kelingan bo‘lsa kompensatsiya to‘lanadi. Ta’bir joiz bo‘lsa, ushbu qonun 3 millionga yaqin hujjatsiz uylarni buzilishdan “sug‘urtalaydi”.

    Zamonamizda biror bir jarayonni raqamlashtirishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, shunga yarasha endilikda “snos” bilan bog‘liq barcha huquqiy jarayonlar elektron tizimlar orqali amalga oshiriladi, shu jumladan, qabul qilingan qarorlar, tuzilgan shartnomalar va berilgan kompensatsiyalarning hisobi elektron yuritiladi.

    Fuqarolarimizni qonun kuchga kirgach, amaliyotda undan o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilishda faol foydalanishga chaqirib qolamiz”, — deb fikrlarini yakunlagan Adliya vaziri.

    30.06.2022, 12:09   Izoh (0)   15049
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda kelin uksus ichib o‘z joniga qasd qilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    30.06.2022, 11:49

    O‘zbekistonda ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga yordam puli beriladi

    30.06.2022, 11:44

    O‘zbekistonda 1-iyul kuni havo harorati biroz pasayadi

    30.06.2022, 11:35

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 97 kishida koronavirus aniqlandi

    30.06.2022, 11:34

    O‘zbekistonda Panorama Airways aviakompaniyasi tashkil etilgani to‘g‘risidagi xabarlar rad etildi

    30.06.2022, 10:45

    Qashqadaryoda “Lada” avtomobili butunlay yonib ketdi

    30.06.2022, 10:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.