Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

TBC Bank Alter Ego bilan birgalikda “Meros” loyihasini rivojlantirishda davom etadi. Ushbu loyiha o‘zbek madaniyati va san’atining qiziqarli, biroq ba’zan keng ommaga tanilmagan arboblari bilan intervyular seriyasini o‘z ichiga olgan. “Meros” mehmonlari o‘zlarining hayotiy va ijodiy yo‘li, jamiyatimizda va mamlakatning madaniy muhitida ro‘y berayotgan jarayonlar haqida so‘z yuritadi.

TBC Bank o‘zbek madaniyati sohasidagi loyihalarga ulkan e’tibor qaratmoqda. TBC jamoasi innovatsion onlayn banking xizmatlarini taqdim etish bilan chegaralanmasdan, foydalanuvchilarning hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan brendni shakllantirishga intiladi. Madaniyat va san’at sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda madaniy merosning ahamiyati aks etgan sohalar rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.

“Bizningcha, mamlakatning madaniy xarakterini odamlar yaratadi. Bugun O‘zbekistonni ijodi orqali o‘zi yashab turgan zaminni tasvirlaydigan insonlar bunyod etmoqda. Shunday qilib loyihamizda Shavkat Boltayev, Yevgeniy Abdullayev va boshqa qahramonlar paydo bo‘ldi. Boshlanishi juda ajoyib, biz bunday insonlar haqida gapirishda davom etamiz”, – dedi TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili.

“Meros” loyihasida jamiyatimiz uchun dolzarb bo‘lgan bir qator savollar ko‘tariladi. Bugungi O‘zbekistonda madaniyat qanday ahvolda? San’at sohasida mehnat qilayotganlar yangi media sharoitida o‘z o‘rnini topa olyaptimi? Biz bugun kam o‘qiymiz, ko‘p iste’mol qilamiz, dunyoni qisqa obrazlar orqali qabul qilamiz – bu tanazzuldan darakmi? Bugun yuz berayotgan jarayonlar nuqtai nazaridan tanazzul haqida gapirish o‘rinlimi? Shu va boshqa savollarga Kirill Altmanning Alter Ego loyihasi mehmonlari javob berishdi.

Loyiha mehmonlari sinchkovlik bilan tanlab olindi. Ular orasida:

Fotograf-dokumentalist va rassom Shavkat Boltayev – Buxoro fotografiya maktabi asoschisi. 1980-yillarning o‘rtalarida Buxoroda ilk fotogalereyaga asos solgan inson. Boltayevning Buxoro yahudiylari haqidagi 20 yillik tarixga ega hujjatli fotoloyihasi The New York Times jurnalida chop etilgan. Rassom O‘zbekiston fotosan’atini butun dunyo bo‘ylab xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etgan va har safar o‘z ona shahriga qaytgan. Boltayev bilan intervyu – bu ko‘hna shahar, uning tor ko‘chalari va diqqatga sazovor joylari bo‘ylab sayohat, shuningdek, san’at, tarix va bugungi hayot haqida maroqli suhbat.

Birinchi son: Shavkat Boltayev

Rejissor Zulfiqor Musoqov. Uning “Abdullajon”, “Osmondagi bolalar”, “Vatan” kabi mashhur filmlari haqiqiy xalq kinokartinalariga aylanib bo‘lgan. O‘zbek va xalqaro kino san’ati, kinodagi biznes, shaxsiy rivojanish va boshqa mavzular haqida taniqli rejissor bilan ochiq suhbat.

Ikkinchi son: Zulfiqor Musoqov

Arxitektor Aleksandr Kuranov – yurtimizning mashhur arxitektorlaridan biri, O‘zbekiston arxitektorlari uyushmasi a’zosi, 600 dan ortiq loyihalar muallifi, Parij, Nyu-York, Tokio, Olmaota, Vena, Abu-Dabi shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro konkurslar diplomanti va sovrindori. Kuranov bilan suhbat qachonlardir barchaga yaxshi tanish bo‘lgan “Jemchug” do‘koni joylashgan ko‘p qavatli binoning tomida bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida Toshkent arxitekturasi, uning tarixi, bugungi holati va kelajagi, xatolar va umidlar haqida so‘z bordi.

Uchinchi son: Aleksandr Kuranov

Yozuvchi Yevgeniy Abdullayev – O‘zbekistonning ziyoli qatlami orasida Suhbat Aflatuni taxallusi bilan tanilgan arbob. Uning she’riy va prozaik asarlari Rossiya, Koreya, AQSh va boshqa xorijiy mamlakatlarning adabiy jurnallarida chop etilgan. Abdullayevning “Sopol harflar, suzib yurgan olmalar” qissasi “Ilhom” teatri tomonidan sahnalashtirilgan. Abdullayev “Sehrgarlarning cho‘qinishi” asari bilan 2016-yil “Rus bukeri” nufuzli mukofoti nomzodlari orasidan joy olgan. Kuchli zehn egasi va qiziqarli inson bilan maroqli suhbatni tomosha qiling.

To‘rtinchi son: Suhbat Aflatuni

Reklama huquqi asosida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Ustoz”, “muallim”, “domla”, “professor” — bu so‘zlarning asl ma’nosi nima?
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” safarda mag’lubiyatga uchradi
Mahalliy
“Ikki milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijda mehnat qilib, daromad topmoqda” — Mehnat vaziri