Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilar tomonidan ayrim hududlarda mehnat ta’tili to‘lovi kechikayotgani va kamaytirib to‘lash holatlari yuzasidan kelib tushgan murojaatlarga javob qaytardi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ma’lum qilinishicha, 2022-yilda pedagog xodimlarga Mehnat kodeksiga muvofiq yillik mehnat ta’tili berilib, bir yil davomida to‘liq ishlagan o‘qituvchilarga 48 kun hisobidan to‘liq mehnat ta’tili pullari to‘lab beriladi.

Ishga kirganiga bir yil bo‘lmagan o‘qituvchilarga esa mehnat ta’tili puli ularning ishlagan davriga mutanosib ravishda to‘lanadi (bunda mehnat ta’tili davri 48 kundan iborat bo‘ladi).

Ta’kidlanishicha, UzASBO dasturiy majmuasida mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda kuzatilgan texnik nosozliklar tezkor ravishda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda bartaraf etilib, ushbu to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati qayta tiklangan.

“Bugundan boshlab maktab xodimlariga mehnat ta’tili to‘lovlari to‘lab boriladi. Mehnat ta’tili to‘lovlarini amalga oshirishda muammo va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda vazirlikning 71 202-09-09 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin”, — deyiladi izohda.

Avvalroq XTV o‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tish, toifa va ustama olishda yordam bo‘luvchi sertifikatlar yo‘qligidan ogohlantirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi