Ayni kunlarda texnik hamda injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan O‘zbekiston va Turkiyaning 70 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari vakillari va vazirlik mas’ullaridan iborat delegatsiya Turkiyaning Izmir shahrida bo’lib turibdi. Forumda 80 dan ortiq O‘zbekiston va Turkiya davlatining nufuzli universitet rektorlari, Izmir viloyati hokimligi, biznes strukturalari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta‘lim muassasalari vakillari qatorida Toshkent davlat transport universiteti vakillari ham ishtirok etmoqda. Xalqaro forum doirasida ikki kun mobaynida 80 ga yaqin kelishuvlar imzolandi.
Turkiyaning Izmir shahrida o‘tkazilayotgan “Industriyada texnologik tizimlar va muhandislik ta‘limi: tendensiyalar va istiqbollar” mavzusidagi Turkiya va O‘zbekiston texnik oliy ta‘lim muassasalari forumi universitet rektorlari, ishbilarmonlar va biznes vakillarini bir joyga to‘pladi.
Forumni Turkiya prezidentni Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qo‘llab-quvvatladi.
Forumning ikkinchi kunida Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi biznes aloqalarning rivojlanishi bilan bir qatorda akademik sohani rivojlantirish bo‘yicha ham kelishuvlarga erishdik. Bu tashabbuslar mamlakatimiz va qardosh yurtimiz Turkiyaning ta‘lim va biznes sohasi uchun foydali bo‘lishiga ishonamiz.
Xalqaro forumning ikkinchi kunida: Turkiya davlatining Egey mintaqasi sanoat palatasi prezidenti, Egey eksportchilar uyushmasi koordinatori, Izmir savdo palatasi prezidenti va boshqalar bilan uchrashdi, turli kelishuvlarni imzolandi.
Izoh (0)