Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining qarori bilan Bektemir tumani “Shonazar” MFY hududida drift va dreg-reysing uyushtirish uchun yer uchastkasi ajratildi.
Belgilanishicha, ajratiladigan yer uchastkasi:- aholi yashash joyidan tashqarida joylashganiga;
- drift va drag-reysing ishtirokchilarining xavfsiz harakatlanishiga, ularning drift uyushtirish uchun o‘zlari bilan olib kelgan avtomototransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazishlari uchun sharoit yaratilishiga;
- tomoshabin sifatida kelgan shaxslarga qulay shart-sharoit yaratilishi, xavfsizlik choralari ko‘rilishiga;
- hududga tashrif buyuruvchilarning (xizmat ko‘rsatuvchi, ishtirokchi, tomoshabin va hokazo) shaxsiy avtotransport vositalari uchun avtoturargoh, servis va maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari hamda jihozlangan tibbiy yordam ko‘rsatish stansiyasi uchun mavjud shart-sharoitlar yaratilishiga;
- yoshlarga drift va drag-reysing uchun ajratiladigan yer uchastkasi davlat va xususiy sherikchilik asosida xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, ularga tender asosida berish va hududni zamonaviy jahon standartlariga mos ravishda bo‘lishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.









