Daryo

Toshkentda drift qilmoqchi bo‘lgan Nexia temir ustunga borib urildi (video)

Shahar IIBB qoidabuzar haydovchilarning shaxsini aniqlash yuzasidan surishtiruv olib bormoqda

1 daqiqa o‘qish51 522 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahri Yunusobod tumanida 17-aprel kuni bir guruh haydovchilar avtomobil yo‘lida drift qildi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, shu kuni soat 22:30 larda Yunusobod tumani Istiqlol ko‘chasida bir nechta avtomashina drift qilib, xavfli vaziyatni yuzaga keltirgan. Oqibatda M.N. ismli haydovchi (1999-yilda tug‘ilgan) o‘ziga tegishli Nexia-3 avtomashinasining rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga urilib to‘qnashuv sodir etgan.

To‘qnashuvda haydovchi jarohat olmagan. Lekin ichki ishlar organlariga xabar bermasdan, hodisa joyidan ketib qolgan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Huquqbuzarlikni sodir etgan qolgan avtomashinalarni aniqlash yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar