Daryo

Toshkentda Mercedes-Benz haydovchisi yo‘lning qatnov qismida drift qildi (video)

Yo‘lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan qoidabuzarga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish41 154 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Mercedes-Benz E 200 avtomobili haydovchisi yo‘lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan holda drift qilgani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

Aniqlanishicha, qoidabuzarlik 26-mart kuni Olmazor tumani, Talabalar ko‘chasida mashinani ishonchnoma asosida boshqargan 24 yoshli X.M. tomonidan sodir etilgan.

Holat yuzasidan fuqaro X.M.ga nisbatan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-5-moddasi (transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi) 2-qismiga muvofiq bunday qoidabuzarlik BHMning 10 baravari (2,7 million so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, poytaxtda 2022-yilning yanvarida ham shunday holat yuz bergandi. Chilonzorda Mercedes-Benz E 200 avtomobili haydovchisi yo‘lning qatnov qismida xavfli holatni yuzaga keltirgan holda drift qilgandi.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda 12 nafar yigit mashinalar oynasidan chiqib olib, qarama-qarshi tomonga harakatlandi (video)

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar