Daryo

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkentda drift ishqibozlari uchun maxsus joylarni tashkil etishni taklif qildi

Poytaxt hokimi biror muammo chiqsa, uni taqiqlab qo‘yavermasdan, yoshlarning qiziqishlarini o‘rganib, sharoit yaratib berish kerakligini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish30 630 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev poyga ishqibozi bo‘lgan poytaxt yoshlarining qiziqishi va takliflarini o‘rganib, ular uchun maxsus joy tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘ini berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Poytaxt hokimi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Aziz Toshpo‘latovga poytaxt ko‘chalarida poyga va drift qiladigan avtomashina haydovchilarini 5-10 sutkaga qamab qo‘ymasdan, ular bilan suhbatlashib, qiziqishlarini o‘rganish kerakligini aytgan.

“Biz shuni ko‘ryapmizki, oldimizda biror muammo chiqsa yoki ichki ishlar xodimlarining ishlashiga ‘komfort’ buzilsa, taqiqlash bilan ishlayapmiz. Drift qilish, poyga o‘ynashga yoshlarda ehtiyoj bor, buni o‘rganish kerak”, — deydi Ortiqxo‘jayev.

Hokim yoshlarning qiziqishini o‘ldirmaslik, ular uchun alohida yo‘nalish ajratish masalasini ko‘rib chiqish zarur, deb hisoblaydi. “Dunyoda bu sport darajasiga chiqqan. Biz har narsaga taqiq qo‘ymasdan, yoshlarning fikrini olgan holda Toshkent shahri atrofida ko‘pgina bo‘sh joylar bor, masalan, DOSAAF avtomaktab poligonlari bunga mos keladi”, — deya ta’kidlagan u.

Ortiqxo‘jayevning aytishicha, ushbu poligon va yo‘laklardan xalqaro poyga musobaqalarini tashkil etish va sayyohlarni jalb qilish uchun foydalanish mumkin. IIBB boshlig‘i bu bo‘yicha takliflar tayyorlashga va’da bergan. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar