Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gormonlar har bir ayolning hayotida juda muhim rol o‘ynaydi: balog‘at yoshidan boshlab menopauzagacha. Ular uyqu, reproduktiv salomatlik, oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyoj va organizmdagi boshqa narsalar uchun javobgardir. Shuning uchun gormonal darajani normal ushlab turish juda muhim. Ammo muammo shundaki, bu jarayondagi o‘zgarishlarni kuzatish juda qiyin. The Voice Mag nashri gormonlar bilan nimadir noto‘g‘ri ekanini ko‘rsatadigan 5 ta asosiy belgi ro‘yxatini taqdim etdi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

To‘satdan husnbuzarlarning paydo bo‘lishi

Agar ayollarning yuz yoki yelka sohasida to‘satdan toshmalar paydo bo‘lsa, bu organizmdagi gormonal o‘zgarishlarni ko‘rsatadi. Misol uchun, androgenlarning past darajasi fonida boshdan oyoqqacha husnbuzar toshishi mumkin. Shuning uchun ikkilanmasdan mutaxassis ko‘rigidan o‘tish lozim.

Kuchli terlash kuzatiladi

Terlashning kutilmaganda ko‘payishi ham gormonal muammoni ko‘rsatishi mumkin. Ulardan ba’zilari faqat tana haroratini nazorat qiladi va agar muammo bo‘lsa, uni o‘zgartirishi mumkin. Bu alomat ko‘pincha menopauzadagi ayollarda ham uchraydi, gormonlar beqaror tarzda ishlab chiqarila boshlaganda, o‘ta yoqimsiz terlash kuzatiladi.

Vazn o‘zgarib turadi

Hech qanday sababsiz to‘satdan vazn ortdimi? Bu, ehtimol, tanada yog‘lar to‘planishi va buning evaziga mushak massasining yo‘qolishiga olib keladigan gormonlar tufaylidir. Masalan, yuqori darajadagi estrogen va kortizol eng keraksiz joylarda yog‘ to‘planishiga olib kelishi mumkin.

Soch to‘kilishi ortadi

Haddan tashqari soch to‘kilishi ham sog‘liq muammolaridan darak beradi. Ayniqsa, qalqonsimon bez gormonlari va insulinning buzilishi tufayli ko‘plab muammolar yuzaga kelishi mumkin. Testosteron darajasining ortishi sochlar to‘kilishi bilan tahdid qiladi. Hammasini vaqtida aniqlash uchun endokrinologga murojaat qilish lozim.

Ishtaha nazorati yo‘qoladi

Organizm ochlik va to‘qlik hissi uchun javobgar bo‘lgan gormonlarni ham ishlab chiqaradi. Ularda biror narsa noto‘g‘ri bo‘lsa, ochlik hujumlari boshlanadi. Bu esa o‘z navbatida vazn ortishiga olib keladi va semizlik ham bir qancha kasalliklarga sabab bo‘ladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Shimoliy Koreya “josus” sun’iy yo‘ldoshini uchirish sanasini e’lon qildi
Mahalliy
Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston prezidentligiga nomzod va uning dasturini tasdiqladi
Maslahatlar
Raqamli detoks: gadjetlar ta’sirini kamaytirishga yordam beradigan 7 ta maslahat