Shavkat Mirziyoyev 6-iyun kuni Braziliyaning shimoli-sharqiy hududlarida yuz bergan kuchli suv toshqinlari sabab mamlakat prezidentiga hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar qildi.
Qayd etilishicha, toshqinlar oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgan va katta talafotlar ko‘rilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston rahbari Braziliya prezidenti Jair Messias Bolsonaruga hamdardlik yo‘llagan.
Ma’lumot uchun, Braziliyada kuchli yog‘ingarchiliklar hozirga qadar 120 kishi umriga zomin bo‘ldi.