Navoiy viloyatining Karmana tumanida profilaktika inspektorlari kanalda oqib ketayotgan kishini qutqarib qoldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanning “Alisher Navoiy” mahallasida istiqomat qiluvchi 62 yoshli A.N. shu mahalladan oqib o‘tuvchi kanalga engashib ehtiyotsizlik oqibatida muvozanatini yo‘qotib, suvga tushib ketgan. Tush payti bo‘lgani uchun uni atrofdagilardan hech kim ko‘rmagan.
Fuqaro kanalning qo‘shni “Farhod” mahallasidagi qismigacha oqib kelgan. Shu payt o‘sha yerda xizmat vazifasini o‘tayotgan IIB xodimlari tezkorlik bilan uni qutqarib qolgan.
Hushsiz holda suvdan olib chiqilgan erkakka profilaktika inspektorlari tomonidan berilgan birinchi tez tibbiy yordam tufayli uning hayoti saqlab qolingan.