Lifehacker nashri nonushta uchun suvli pomidor va qovurilgan tuxumdan tayyorlanadigan ajoyib yegulik retsepti bilan bo‘lishdi.
Kerakli mahsulotlar:
- piyoz — 1 dona;
- pomidor — 2-3 dona;
- tuxum — 3 dona;
- soya sousi — 1/2 qoshiq;
- o‘simlik yog‘i — 1-2 osh qoshiq;
- tuz, murch.
- Piyoz mayda to‘rtburchak, pomidor esa biroz kattaroq to‘g‘raladi.
- Tuxumga tuz, murch va soya sousi solinib, sanchqi yordamida aralashtiriladi.
- Yog‘ o‘rtacha olovda qizdiriladi. Piyoz yumshagunga qadar qovuriladi.
- Ustidan pomidor qo‘shib, yana 3-4 daqiqa qovuriladi. Tuz va ziravorlar qo‘shiladi.
- So‘ngra tuxumli massa quyiladi va bir necha daqiqaga dimlanadi.