“O‘zbekiston” telekanalida 30-may kuni “Munosabat” tok-shousining yo‘l-transport hodisalarining oldini olish mavzusidagi soni efirga uzatildi. Unda “O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi” ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri Baxtiyor Ruhiddinov yo‘l-patrul xizmati xodimlarining faoliyatini baholash va rag‘batlantirish to‘g‘risida bir qancha takliflar berdi.
Uning qayd etishicha, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda YPX xodimlarining ahamiyati juda katta. O‘zLiDeP ishchi guruhi Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida haydovchilarning YPX xodimlaridan rozilik darajasi to‘g‘risida tahlil o‘tkazgan. Fuqarolar xodimlar haqida iliq fikrlar bildirgan.
“Har bir hududda YPX xodimining haydovchilar madaniyatini yuqoriligini ta’minlaganini belgilaydigan indikatorlar tuzib, ularni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish kerak.
Xodimlar mashaqqatli mehnat qilganidan keyin har yili chet elga borib, sayohat qilib kelishi kerak. Bu qiziq, kulgili tuyilishi mumkin, lekin YPX xodimlari kechasi-yu kunduzi, yomg‘ir-qorga, issiqqa qaramasdan ishlayapti. Shu sababli ularni rag‘batlantirish masalasini ilgari surishimiz kerak. Ularning madaniy hordiq chiqarishiga ko‘proq imtiyoz berishni taklif qilaman”, — deydi u.
Izoh (0)