Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tarix — hayot takrorlardan iborat ekani haqida saboq beruvchi eng yaxshi ustoz; har kunlik bu saboqlardan doim ham vaqtida va to‘g‘ri xulosalar chiqarilmasa-da, tarix baribir beqiyos ustozligicha qolaveradi.

O‘zbekiston va jahonning bundan 60 va 30 yil avvalgi manzarasiga o‘zbek matbuoti ko‘zi bilan imkon qadar nazar solish ham qiziq, ham foydali ko‘rindi. O‘n yillar muqaddam aynan bugungi sanada nimalar bo‘lgan, davr matbuoti ular haqida nima deb yozgan, ushbu voqea-hodisalarga jamoatchilikning munosabati qanday edi — bari “Kun matbuoti tarixi” rukni materiallarida.

Rukn materiallari har kuni tong soat 7:30 da e’lon qilinadi.

60 yil avval. 1962-yil 5-iyun, yakshanba

Quyida — Rafiq Nishonov Toshkentning yetakchisiga aylangani haqida xabar. U oradan 26 yil o‘tib, Iordaniya, Maldiv va Shri-Lankada elchilik qilib kelgach, O‘zbekiston yetakchisiga aylanadi.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“To‘ytepa hech qachon o‘tgan yakshanba kundagidek ko‘p avtomashina oqimini ko‘rmagan bo‘lsa kerak”, — bu bahorda ochilgan Toshkent dengizi odamlar bilan to‘lib toshayotgani haqidagi xabarning boshi. Oradan 60 yil o‘tib, Toshkent viloyatining so‘lim maskanlari har jaziramada tirbandliklarning yangi rekordlariga guvohi bo‘lishda davom etmoqda.

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

Moskvada SSSR va Kuba yoshlari mitingi bo‘lib o‘tgan, unda SSSR yetakchisi Nikita Xrushchyov chiqish qilgan. Bilasiz, Xrushchyov gapiryapti, demak qiziq bo‘ladi. Bu safar ham shunday — u nega Amerika do‘konlari to‘kin-sochinu, sovet do‘konlaridan, masalan, go‘sht va yog‘ topib bo‘lmay qolganini tushuntiradi:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston”ning shu kungi sonida “Amerikaning juda balandlikda yadro portlatishlari to‘g‘risida Sovet hukumatining bayonoti” ham bosilgan. Quyida — o‘sha ulkan bayonotning oxiri:

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1962-yil 5-iyun sonidan lavha

30 yil avval. 1992-yil 5-iyun, juma

Prezident Islom Karimov o‘rtoq Kozim To‘laganovni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlagan. Oradan ikki yil o‘tib, u Toshkent hokimiga aylanadi.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasida xorijdagi eng mashhur o‘zbek vatandoshlaridan biri — Ro‘zi Nazar bilan qisqa intervyu e’lon qilingan (u yaqinda prezident Islom Karimov bilan ham uchrashgan edi):

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

Andijonda salkam yarim million kishi qatnashgan hashar o‘tkazilgan (bu xuddi bugungi kun xabariga o‘xshaydi, lekin aslida 30 yil avvalgi xabar).

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

1992-yilgi O‘zbekistonda muammolar ko‘p, lekin ikkitasi alohida ajralib turadi. Birinchisi, joy nomlarini milliylashtirish, o‘zbekchalashtirish. Gazetalarning deyarli har sonida shu masalada bir enlik bo‘lsa-da chiqish bor va, aksariyat hollarda, bu chiqishlar tanqidiy (tanqidlar, ko‘pincha, asosli ham). Masalan, “Xalq so‘zi”ning xabar berishicha, “o‘zbekchalashtirish kerak” deb topshiriq tushgach, Sirdaryo viloyatidagi “Tixiy Don” nomi mahalla nomi “Tinchoqar Don” deb o‘zgartirilgan. O‘zbekchalashdimi? O‘zbekchalashdi.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

Ikkinchi muammo — yozuv. Kirill yozuvidan voz kechish kerakmi? Voz kechsak, qaysi yozuvga o‘tamiz, lotingami? Yoki arab imlosiga qaytamizmi? “Tariximizni qadrlaydigan qadrlaydigan har bir yurtdoshimiz, albatta, arab yozuviga o‘tish tarafdori bo‘lar, degan umiddamiz”, deb yozadi bir guruh geolog olimlar.

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

Ayni vaqtda, “arosatda qolib ketmaylik” deb ogohlantirganlar ham bor. Pedagogika institutining 3-kurs talabasi Qurdoshevning 1992-yilgi ogohlantirishi bunga dalil:

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

“Xalq so‘zi” gazetasining 1992-yil 5-iyun sonidan lavha

Ushbu material huquqlari mualliflarida saqlangan holda e’lon qilish sharti bilan “Daryo” internet-nashriga taqdim etildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)