Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi 52- umumta’lim maktabida zamonaviy dzyudo majmuasi foydalanishga topshirildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Ushbu majmua Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan qurib bitkazildi.

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Dzyudo majmuasi maktabning bo‘sh turgan maydonida barpo etildi. 144 ta tatami bilan jihozlangan ushbu inshoot yuvinish, kiyim almashtirish, trenajyor xonalarini ham o‘z ichiga olgan va to‘liq isitish tizimiga ulangan. Unda bir paytning o‘zida 200 nafar bola dzyudo bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega.

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Ushbu majmua va uning yonida barpo etilgan sun’iy qoplamali futbol maydonchasini qurish uchun qariyb 3 milliard so‘m sarflandi.

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Majmuaning ochilish marosimida Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi prezidenti Aziz Komilov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Namangan viloyatida 1,5 mingdan ortiq bola dzyudo bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda.

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Foto: Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Sharqiy Quddusda keskinlik avjiga chiqmoqda (video)
Mahalliy
Ayol dasturchilar uchun mukofoti 8 000 dollarlik xakatonga arizalar qabuli boshlandi
Mahalliy
Narxi 16 ming dollar, vazni 200 kilogrammdan oshadi – “Naslli qo‘chqorlar ko‘rgazmasi”dan reportaj