Daryo

Belgiya, Fransiya va yana qator davlatlarda maymunchechak qayd etildi

Maymunchechakning aniq sababi haligacha noma’lum

1 daqiqa o‘qish19 220 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RIA Novosti”

Belgiyada maymunchechak bilan kasallanishning dastlabki holatlari aniqlandi, deb xabar bermoqda La Libre Belgique gazetasi.

Foto: “RIA Novosti”

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Belgiyada ushbu kasallik ikki kishida qayd etilgan.

Maymunchechak bilan kasallanish holatlari allaqachon Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, AQSH, Kanada va Avstraliyada qayd etilgan. Shuningdek, 20-may kuni Fransiyada kasallikning birinchi holati haqida e’lon qilindi.

Gazeta Belgiya tibbiyot ma’muriyatining rasmiy vakili, yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassis Iv Van Letemga kasallikning belgilari haqida savol bilan murojaat qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, maymunchechakning belgilari yo‘tal, isitma, bosh og‘rig‘i, tanadagi og‘riqlar, limfa tugunlarining shishishi bo‘lib, odamlar buni gripp yoki COVID-19 deb o‘ylashi mumkin. Maymunchechakning ulardan farqi shundaki, butun tanaga yirik pufakchalar toshishi mumkin, ular asta-sekin husnbuzarlarga aylanadi. Bu ko‘proq suvchechakni eslatadi.

Mutaxassisning fikricha, virusning inkubatsiya davri odatda 7—14 kunni tashkil qiladi. Ba’zi hollarda, u 21 kungacha cho‘zilishi mumkin.

Yevropada aniqlangan kasallikning birinchi holatlari shifokorlarga infeksiya havo tomchilari orqali yuqadi, degan taxminni bermoqda. Kasallik hayvonlar va odamlar orasida ham yuqadi.

Maymunchechakning aniq sababi haligacha noma’lum. Hozirda unga qarshi hech qanday muolaja yo‘q, ammo alomatlar ko‘pincha 14—21 kun ichida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.

“Ushbu kasallik odamlarda kam uchraydi va o‘ta yuqumli emas”, — deyildi La Libre Belgique xabarida.

Mavzuga doir: Kanada va Avstraliyada ilk bor maymunchechak bilan kasallanish holatlari aniqlandi

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar