Daryo

FVV Mo‘ynoqdagi qamishzorlarda yuz bergan yong‘in haqida ma’lumot berdi

Vazirlik yong‘in bartaraf etilganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish23 718 ko‘rishlar0 izoh0

Mo‘ynoq tumanida joylashgan qamishzorlarda yong‘in yuzaga kelgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi

Qayd etilishicha, 17-may kuni soat 20:00 da Mo‘ynoq tumani, “Zaliyev” ko‘lidagi qamishzorda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Mo‘ynoq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inga yong‘in qutqaruv ekipajlari soat 20:40 da yetib borib, 21:05 da yong‘in bartaraf etilgan (Yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 30 kilometrni tashkil etadi). Hodisa oqibatida  “Zaliyev” ko‘lida 0,5 gektar maydonda qamishzor yongan.

Ayni vaqtda yong‘inning sababi aniqlanmoqda.

Bundan avval holatga munosabat bildirgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat bo‘lgani sababli yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Samarqand viloyatidagi qabristonlarning birida yong‘in chiqdi

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar