Daryo

Samarqandda bir-biriga tutashgan beshta uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in natijasida xonadonlarning 490 metr kvadrat maydondagi shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan

1 daqiqa o‘qish18 082 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqand tumanida bir-biriga tutash xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 19-may kuni soat 03:51 da Samarqand tumani “Joyisoy” MFY Birdamlik ko‘chasidagi xonadonlarda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida tuman FVBga xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji va “KamAZ” yordamchi avtomashinasi jalb etilgan. Yong‘inga soat 04:06 da yetib borilgan va soat 05:38 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida 5 ta xonadonning taxminan 490 metr kvadrat maydondagi shift va tom qismi hamda uy jihozlari yonib, zararlangan. Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Sirdaryoda masjid hovlisida yong‘in yuzaga kelgani, Buxorodagi qurilish mollari sexida yong‘in sodir bo‘lgani, Toshkentdagi oziq-ovqat do‘konlarining birida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar