Daryo

Mo‘ynoqdagi qamishzorlarda yong‘in yuzaga keldi. Ekoqo‘mita yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘qligini ma’lum qildi

Ta’kidlanishicha, qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat, suvning keskin qaytib ketishi sababli qamish tublari tutashni davom etmoqda

1 daqiqa o‘qish41 544 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mo‘ynoq shaharchasi atrofidagi to‘qayzorda katta yong‘in chiqqani tasvirlangan videolar tarqaldi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi

Ekologiya qo‘mitasining Mo‘ynoq tuman bo‘limi tomonidan voqea joyiga borib o‘rganilganda yong‘in “Ushsay” OFY hududida joylashgan “Mo‘ynoq qo‘ltig‘i”dagi qamishzorlarda yuzaga kelgani aniqlangan.

“Yong‘inni o‘chirish imkoni yo‘q. Sababi qamishzorlar bo‘yi suv va botqoqlikdan iborat. Suvning keskin qaytib ketishi sababli hozirda qamishzor bo‘yidagi qamish tublari ahyon-ahyonda tutashi davom etmoqda, shamol kuchayganda esa tutun ko‘lami ortadi”, — deyiladi munosabatda.

Avvalroq Samarqand viloyatidagi qabristonlarning birida yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:  Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatining Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘riklisoy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududlarida 2021-yil 1-avgust kuni yirik yong‘in yuz bergandi. Soat taxminan 10:40 da boshlangan yong‘in salkam sakkiz soatdan so‘ng o‘chirilgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan. Olovni o‘chirishga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan. Keyinroq prezident Shavkat Mirziyoyev yong‘in “bir boyvachchaning o‘g‘li” sabab sodir etilganini ma’lum qilgandi.
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar