Daryo

Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirildi

Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q

1 daqiqa o‘qish113 024 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: FVV matbuot xizmati

Jizzaxdagi Zomin tog‘larida yuz bergan yong‘in o‘chirildi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.

Foto: FVV matbuot xizmati

Yong‘in 1-avgust kuni ertalab soat 10:40 larda Jizzax viloyati Zomin tumani “Duoba” MFY O‘riklisoy aholi punkti hududiga yaqin joyda yuz bergan. Taxminan, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan.

Yong‘inni o‘chirish uchun FVV, IIV, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Chegara qo‘shinlari, Davlat o‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, 14 ta yong‘in o‘chirish ekipaji va 1 ta yong‘in qutqaruv otryadi, 4 ta vertolyot jalb etilgan.

Foto: FVV matbuot xizmati
Foto: FVV matbuot xizmati
Vazirlik xabarida ta’kidlanishicha, yong‘in soat 18:20 lar atrofida batamom o‘chirilgan. Tegishli idoralarning kuch vositalarining o‘z vaqtidagi harakatlari natijasida yong‘in yaqin atrofdagi aholi punktlariga o‘tmagan. Jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga doir: Video: Jizzaxda Zomin tog‘laridagi yong‘inni o‘chirishga jalb etilgan Mudofaa vazirligi vertolyotlari

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar