Daryo

Zarafshon milliy bog‘ida yong‘in sodir bo‘ldi (foto)

Yong‘in oqibatida 0,25 gektar hududdagi suv tol va malina tuplari zarar ko‘rgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish31 057 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Zarnews

21-fevral kuni Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan Zarafshon milliy bog‘ining uchinchi qismi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga tayanib, Zarnews xabar berdi.

Foto: Zarnews

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida 0,25 gektar maydondagi suv tol va malina tuplari zarar ko‘rgan. Olov voqea joyiga yetib kelgan yong‘in-qutqaruv brigadalari tomonidan tezkorlik bilan o‘chirilgan.

Foto: Zarnews

Ayni vaqtda viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tegishli idoralar bilan birgalikda hodisa yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazmoqda.

Foto: Zarnews
Foto: Zarnews
Foto: Zarnews
Eslatib o‘tamiz, Jizzax viloyatining Zomin tumani “Duoba” qishloq fuqarolar yig‘ini O‘riklisoy qishlog‘i yaqinidagi o‘rmon hududlarida 2021-yil 1-avgust kuni yirik yong‘in yuz bergandi. Soat taxminan 10:40 da boshlangan yong‘in salkam sakkiz soatdan so‘ng o‘chirilgan. FVV ma’lumotlariga ko‘ra, 80 gektar maydonda quruq o‘t va daraxtlar yongan. Olovni o‘chirishga 1600 ga yaqin odam jalb etilgan. Keyinroq prezident Shavkat Mirziyoyev yong‘in “bir boyvachchaning o‘g‘li” sabab sodir etilganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: Bo‘stonliq va Zominda o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etuvchi otryadlar tashkil etiladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar