Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bollivud afsonalarining uch avlodi birdaniga bitta filmda debyut qilishini bilasizmi? Shohruh Xon va Shridevining qizlari Suhana Xon va Xushi Kapur hamda Amitabh Bachchanning nabirasi Agastya Nanda rejissor Zoya Axtarning “The Archies” filmida ilk bor suratga tushadi. Unda Mihir Axuja, Dot, Yuvraj Menda va Vedang Rayna ham ishtirok etadi, deb yozadi Bollywoodtime.

Foto: Bollywoodtime

Foto: Bollywoodtime

Filmda Suhana Veronikani, Xushi — Betti rolini, Agastya Nanda esa Archi rolini ijro etadi. Ijtimoiy tarmoqlarda kinoning ilk posteri bilan bir qatorda tizeri ham paydo bo‘ldi.

Agastyaning bobosi, aktyor Amitabh Bachchan o‘zining Instagram’dagi sahifasida kartina posterini baham ko‘rdi va shunday yozdi: “Yana bir o‘g‘limning yuksalishi (debyut deyish mumkin). Mening nabiram. Barcha duolarim senga, Agastya. Seni yaxshi ko‘raman”. Aktyor o‘g‘il so‘zini “Yana bir o‘g‘il ulg‘aydi. Mening nabiram” deya alohida ta’kidladi. Sababi Abhishekdan keyin Bachchanning yana bir avlodi Agastya aktyorlik estafetasini o‘z zimmasiga oldi.

“The Archies” filmini suratga olish ishlari 2022-yilning aprel oyida boshlangan. Zoya Axtar o‘zining balog‘at yoshdagilar haqidagi musiqiy dramasini 2021-yilning noyabr oyida e’lon qilgandi. Film voqealari 1960-yillarda sodir bo‘ladi. Bu mashhur Archi komikslarining ekranlashtirilgan varianti bo‘lib, unga Zoya Axtar va Rima Kagti prodyuserlik qiladi. “The Archi” kartinasi 2023-yilda Netflix’da uzatilishi rejalashtirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Prezident tashrif buyurgan Andijon tumanidagi 55-maktab — suratlarda 
Mahalliy
Slovakiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident