Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ukraina urushning yangi bosqichiga kirmoqda, bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Aleksey Resnikov ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.

Foto: Anadolu Agency

Foto: Anadolu Agency

“Rossiya strategik mag‘lubiyatga uchradi — u 9-maygacha harbiy aralashuv va hokimiyatni Rossiya qo‘g‘irchoqlari qo‘liga olib berish yo‘li bilan Ukraina davlatini yo‘q qila olmadi. Biz uni nishonlar ko‘lamini tezkor-taktik darajagacha pasaytirishga majbur qildik. Shunday bir vaziyatda biz urushning yangi, uzoq davom etuvchi davriga kiryapmiz. Unda g‘olib bo‘lish uchun resurslarni puxtalik bilan rejalashtirish, xatolarga yo‘l qo‘ymaslik va o‘z kuchimizni shunday loyihalashtirishimiz kerakki, dushman oxir-oqibat dosh bera olmasin”, — deb yozdi u Facebook’da.

Reznikov Ukraina mudofaa salohiyatini oshirishga hamda bir million kishini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga va’da berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda bir yarim ming ukrain harbiylari o‘qitilmoqda, ular G‘arb mamlakatlaridan yordam sifatida Ukrainaga yetkazib berilayotgan texnikani ishlatish bo‘yicha instruktorlar bo‘lib yetishib chiqadi.

Mudofaa vaziri Ukrainani oldinda o‘ta og‘ir haftalar kutayotgani haqida ogohlantirdi, ammo jangovar harakatlarda o‘zgarishlar bo‘lishiga umid bildirdi.

“Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimining oshib borishi va Ukrainaga chet eldan yordamning ko‘payishi bir necha oylik istiqbolda shunday sharoitlarni yuzaga keltirishi kerakki, Kreml qandaydir muvaffaqiyatga erishish imkoniyatidan butunlay mahrum bo‘ladi. Shunda Ukraina uchun yangi imkoniyatlar eshigi paydo bo‘lishi kerak”, — deb yozdi u.

Ayni paytda Amerikaning urush tadqiqotlari instituti hisobot e’lon qilib, rossiyalik harbiylar Xarkov atrofidagi o‘z pozitsiyalarini batamom tark etishga qaror qilganini ma’lum qildi.

Tahlilchilar qayd etishicha, Xarkov ostonalaridagi Rossiya bo‘linmalari so‘nggi kunlarda Ukraina kuchlari kontrhujumlari fonida o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishga urinmagan — Moskva shahar yaqinidagi pozitsiyalarini ushlab qolishdan ko‘ra, o‘z bo‘linmalarini tartib bilan olib ketishni afzal ko‘rgan.

Shu tariqa, deb yozadi ekspertlar, Ukraina rossiyaliklarning shaharni qurshovga olishiga ham, egallab olishiga ham imkon bermasdan, aftidan, Xarkov uchun jangda g‘olib bo‘lgan — tahlilchilar rossiyalik harbiylarning ushbu chekinishini ularning mart oxirida Kiyev ostonalarini tark etishiga qiyosladi.

Urush tadqiqotlari instituti qayd etishicha, Rossiya qo‘shinlarining asosiy sa’y-harakatlari hozir xuddi avvalgidek Severodonetsk va Lisichanskni shimoldan va janubdan o‘rab olishga qaratilgan.

Xarkov Rossiya bilan chegaradan 25 km uzoqlikda joylashgan. Rossiya qo‘shinlari urushning birinchi kuniyoq shaharga yaqinlashgan, ammo uni o‘z nazorati ostiga ololmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi