Shavkat Mirziyoyev raisligida 5-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda davlat rahbari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash natija bera boshlaganini ta’kidladi. Bu lavha “O‘zbekiston 24” telekanalining “Menimcha” ko‘rsatuvida taqdim etildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev viloyatda bir tadbirkor o‘z hisobidan ijod maktabini qurib berish tashabbusi bilan chiqqanini so‘zlab berdi.
“Yangi 13 ijod maktablarini Toshkent viloyati bo‘ylab qurishimiz kerak. Bir tadbirkor 220 o‘rinli maktabni o‘z hisobidan to‘liq qurib berishni boshladi. Hammasini o‘zi qilib, bitkazib beradi”, – dedi Zoir Mirzayev.
Davlat rahbari hokimning so‘zlarini tinglab, bu ishlar tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash natijasi ekanini aytdi.
“Nima uchun qilib beryapti? Nimaga desang biz besh yil tadbirkorni qo‘llab-quvvatladik. Manfaat bo‘lmasa (maktabni — “Daryo” izohi.) qanday qilib quradi. Manfaati bor, natijasi bor, daromadi bor, shuning uchun quryapti. Bitta odamni ish bilan ta’minlaganni yelkamda ko‘tarib yuraman, deb bejiz aytmaganman. Mana ko‘rding ular natija bera boshladi” – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga doir:
- “Har bir viloyat hokimida kamida 100 million dollarlik yangi elektrotexnika loyihalari bo‘lishi shart” — Shavkat Mirziyoyev
- “Bemor sarson, shifokorlar esa qo‘shimcha qog‘ozbozlik bilan ovora” — Shavkat Mirziyoyev
- Shavkat Mirziyoyev Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi yangi ko‘prikni borib ko‘rdi
Izoh (0)