Farg‘ona viloyatining Quva tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir nafar yo‘lovchi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, tuman hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 193-kilometrida Lacetti-Gentra avtomobili haydovchisi yo‘l-harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketgan. Oqibatda mashina shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Tracker avtomobili bilan to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Lacetti-Gentra haydovchisi va mashina ichida bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi, shuningdek, Tracker haydovchisi shifoxonaga yetkazilgan.
Olib borilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, Gentra yo‘lovchisi shifoxonada vafot etgan.
Avvalroq Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH yuz bergani, Gulistonda haydovchisi uxlab qolgan Damas piyodalar o‘tish ko‘prigiga urilgani, Andijonda Spark bilan to‘qnashgan Labo ag‘darilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.