Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, Davlat bojxona qo‘mitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik talablari buzilishi haqida xabar beradi.

Intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bo‘yicha texnik jihatdan tartibga solish va sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

2022-yil 1-avgustdan quyidagi tekshirish va o‘rganishlar Adliya vazirligining “Sanoat mulki muhofazasi portali”dan foydalangan holda amalga oshiriladi:

  • sertifikatsiyalash organlari tomonidan sertifikatlashtirish jarayonidagi qo‘llanilgan nom, qadoqlar va boshqa rekvizitlarda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni o‘rganish va tekshirish;
  • farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan dorilar, tibbiy buyumlarni ro‘yxatidan o‘tkazishda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarga rioya etilganligini tekshirish.
2022-yil 1-iyungacha sertifikatsiyalash bilan shug‘ullanuvchi barcha organlar “Sanoat mulki muhofazasi portali”ga bepul ulanishi mumkin.

Shuningdek, 2022-yil 1-sentabrdan “Yagona darcha” bojxona tizimi orqali intellektual mulk obyektlarini reyestrga kiritish to‘g‘risidagi arizalarni elektron yuborish va ariza holatini onlayn kuzatib borish hamda natijasi bo‘yicha arizachilarni xabardor qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, 2023-yil 1-yanvargacha intellektual mulk obyektlarining auksion savdosini o‘tkazadigan “Intellektual mulk — barcha uchun” maxsus internet-auksion savdo platformasi ishlab chiqiladi.

2022-yil 1-oktabrgacha internetda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan veb-saytlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi “Mualliflik va turdosh huquqlar sohasidagi qonun buzilishlar reyestri” axborot tizimi ishga tushiriladi.

Qaror bilan 2022–2026-yillarda O‘zbekistonda intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlangan.

Avvalroq O‘zbekistonda intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun jarimalar joriy etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Putin taklifiga binoan 7-oktabr kuni Rossiyaga boradi
Mahalliy
Dunyoda koronavirusni yuqtirish holatlari 6 foiz, o‘lim ko‘rsatkichi esa 12 foizga kamaydi