2022-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 35,4 million kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 foizga oshgan.
Statqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 2022-yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 54,2 ming kishiga ko‘paygan. 2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, doimiy aholi soni 35 271,3 ming kishini tashkil etib, 2021-yil 1-yanvarga nisbatan 712,4 ming kishiga yoki 2,1 foizga ko‘paygan. 2021-yilda O‘zbekiston bo‘yicha 305 082 ta nikoh, 39 227 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan.
Izoh (0)