Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong‘in chiqdi, deb xabar beradi FVV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 5-aprel kuni soat 08:16 da tumanning “Yangi Kamolon” MFY Yangiobod ko‘chasida joylashgan bir-biriga tutash qurilgan 4 ta xonadonda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 08:23 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:52 da qurshab olingan va soat 09:11 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida xonadonlarning taxminan 400 kvadrat metr maydonda tomi va shift qismi yongan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga shahar FVB rahbariyati va tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbar xodimlari yetib borgan. Hozirda yong‘in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Avvalroq Andijondagi mahallalarning birida joylashgan elektr “shit” yonib ketgani, Namangandagi “Chorsu” dehqon bozorida yong‘in yuz bergani, Toshkentdagi xonadonda telefon quvvatlash moslamasidan yong‘in chiqqani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Bosh vazir va Toshkent shahar hokimi binolarning 1-qavatidagi kafe va do‘konlarni buzish bo‘yicha ko‘rsatma bergani rad etildi
Dunyo
Xalqaro bedarak yo‘qolganlar haftaligi, 20 ming dollarlik echki, qayta avj olayotgan denge epidemiyasi — 31-may suratlari
Mahalliy
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynog‘idagi “Kemalar qabristoni” — suratlarda