Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

11-fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida rozetkada qolib ketgan quvvatlantirgich oqibatida yong‘in chiqdi. Bu haqda “Mening yurtim” telekanalining “Markaziy studiya” dasturiga ma’lum qilindi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumani IIO FMB 2-sonli ichki ishlar bo‘limiga qarashli “Qipchoq” mahallasi hududiga biriktirilgan profilaktika katta inspektori kapitan Jamshid Toshkentboyev yordamchisi bilan hududni ko‘zdan kechirib chiqayotgan bo‘lgan.

Kutilmaganda mahallaning 13-uyida yashovchi fuqarolardan biri ularga qo‘ng‘iroq qilib, 58-xonadonda yong‘in bo‘layotganini bildirgan. Voqea joyiga yetib borgan inspektorlar xonadon ichida 68 yoshli fuqaro qolib ketganidan xabar topgan.

Inspektorlar yonayotgan uy ichiga kirib borib, fuqaroni xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Aniqlanishicha, yong‘in rozetkada qolib ketgan quvvatlantirgichda yuzaga kelgan qisqa tutashuv oqibatida kelib chiqqan. Erigan quvvatlantirgich gilam ustiga tushib, yong‘inni yuzaga keltirgan.

Bundan avval Oltiariqdagi massajxonada, Zarafshon milliy bog‘ida, Samarqanddagi oshxonalardan birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yuzga tushgan chandiq, quldorlarga qarshi kurash va teatrda otib ketilgan prezident — Linkoln. Xalq orasida eng mashhur AQSH prezidenti taqdiri
Mahalliy
Foto: Turkiya prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev
Salomatlik
Hamma bilishi kerak: umurtqa pog‘onasi churrasi borligidan darak beradigan 3 ta belgi