Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 30-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 3-aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Barselona” turning markaziy o‘yinida “Sevilya”ni qabul qildi. Uchrashuvdagi yagona gol 72-daqiqada urildi: Pedri himoyachilarni dog‘da qoldirgan holda jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba yo‘llab, o‘yin natijasini hal qildi.
Mazkur g‘alaba orqali “Barselona” ochkolarini 57 taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Bitta zaxira o‘yiniga ega katalonlar peshqadam “Real”dan 12 ochko ortda qolmoqda. Keyingi o‘rinlarda “Atletiko” va “Sevilya” (57 ochkodan) bormoqda.
La Liga
30-tur bahslari
3-aprel, yakshanba
“Barselona” – “Sevilya” 1:0
Gol: 1:0 – 72 Pedri.“Barselona”: ter Shtegen, Dani Alves, Pike, Arauxo, Alba, Buskets, de Yong (Gavi, 74), Pedri, Obameyang (Depay, 81), Dembele (Niko Gonsales, 90), Ferran Torres.
“Sevilya”: Bunu, Navas (Montel, 78), Diyego Karlos, Kunde, Rekik (Rafa Mir, 82), Rakitich, Gudel (an-Nesiri, 78), Lamela (Korona, 67), Okampos, Jordan, Marsyal (Augustinsson, 82).
Ogohlantirishlar: Buskets (61), Dembele (82), Pike (85), Korona (85), Montel (85), Okampos (88).