Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 28-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Bavariya” 2-aprel, shanba kuni “Frayburg” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Frayburg” mezbonligida o‘tgan uchrashuvning birinchi taymida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi 45 daqiqalikning avvalida Leon Goretska hisobni ochdi. Oradan hech qancha o‘tmasdan Nils Petersen muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Biroq “Bavariya” shundan so‘ng ketma-ket 3 ta gol urib, yirik g‘alabani tantana qildi. Gollarni Serj Gnabri, Kingsli Koman va Marsel Zabitser o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa Myunxen klubi chempionlik yo‘lidagi navbatdagi muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi. G‘alabadan keyin jamoaning ochkolari soni 66 taga yetdi. Ikkinchi pog‘onadagi “Borussiya D”ning hisobida 57 ochko mavjud. “Frayburg” (45) esa 5-o‘rinni band etib turibdi.

Bundesliga

28-tur bahslari

2-aprel, shanba

“Frayburg” – “Bavariya” 1:4

Gollar: 0:1 – 58 Goretska, 1:1 – 63 Petersen, 1:2 – 73 Gnabri, 1:3 – 82 Koman, 1:4 – 90 Zabitser.

“Frayburg”: Flekken, Gulde (Chjon Vu Yen, 83), Linxart, Shlotterbek, Gyunter, Shmid (Sike, 69), Hefler, Grifo, Eggeshtayn (Haberer, 83), Shallai (Petersen, 62), Heler (Vaysxaupt, 83).

“Bavariya”: Noyer, Pavar (Gnabri, 73), Upamekano, Nyanzu, Ernandes, Goretska (Tolisso, 62; Zyule, 85), Kimmix, Myuller, Levandovski (Musiala, 62), Koman (Zabitser, 84), Sane.

Ogohlantirishlar: Gyunter (70), Upamekano (90).

“Bayer” – “Herta” 2:1

Gollar: 1:0 – 34 Alario, 2:0 – 40 Belarabi, 2:1 – 42 Darida.

“Ayntraxt F” – “Groyter” 0:0

“Arminiya” – “Shtutgart” 1:1

Gollar: 0:1 – 25, penalti Kalayjich, 1:1 – 59 Kryuger.

“Hoffenhaym” – “Boxum” 1:2

Gollar: 0:1 – 28 Asano, 1:1 – 54 Raum, 1:2 – 59 Asano.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak