“Real” transferlar uchun 300 million yevro sarflashga tayyor.
Bu klub yozgi transfer oynasi uchun ajratgan mablag‘ bo‘lib, mazkur pullar evaziga 3 nafar futbolchi bilan shartnoma imzolash ko‘zda tutilgan, deb yozadi AS.
Bu summaga “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappening transferi ham kiradi. Fransiyalik futbolchining Madrid klubiga tekinga o‘tishi tufayli “Real” o‘yinchi uchun bonus sifatida 80 million yevro tejab qoladi.
“Qaymoqranglilar” “Borussiya D” hujumchisi Erling Holandni ham kuzatishda davom etmoqda. Klub kelishuvni, taxminan, 150 million yevroga yopish mumkin deb hisoblaydi, bunga norvegiyalikning transfer summasi va komissiya kiradi.
Shuningdek, “Real” “Monako” yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni bilan shartnoma imzolamoqchi, bitim 60 million yevroga baholangan.
Ushbu transferlarga qo‘shimcha ravishda “qirollik klubi” “Bavariya” vingeri Serj Gnabrini ham sotib olishi mumkin, uning narxi 70 million yevro atrofida baholanmoqda.
Agar Mbappe, Holand va Gnabri jamoaga kelsa, Marko Asensio va Rodrigo Goes “Real”ni tark etishi mumkin.
Izoh (0)