Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

UzAuto Motors bu yilda yangi Chevrolet Tracker, kelasi yil boshida esa Chevrolet Onix’ni taqdim etadi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Bo Andersson xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Uning so‘zlariga ko‘ra, ikkala modelda ham oltita xavfsizlik yostiqchasi mavjud, ular YTHga chidamlilik bo‘yicha besh yulduzli reytingga ega.

Ushbu avtomobillar zamonaviy ko‘ngilochar tizim, Wi-Fi va to‘xtashga yordam beruvchi datchik bilan jihozlangan bo‘ladi. Bundan tashqari, Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix yoqilg‘i sarfi jihatidan juda tejamkor - 100 kilometrga 6 litr, — deydi Andersson.

Avvalroq 2021-yilning avgust oyida Chevrolet Onix va Chevrolet Tracker-2 avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi