Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kunini to‘rt soat yoki undan ko‘proq vaqt ofis kreslosida o‘tkazadiganlar uchun bu maslahatlar nafaqat vazn yo‘qotish, balki sog‘liq uchun ham, albatta, kerak.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Ko‘pchilikning ish faoliyati o‘tirgan holda kechadi va, afsuski, bu sog‘liq hamda organizm uchun juda yomon. Agar kun 4-6 soat o‘tirgan holatda ishlash bilan o‘tsa, yurak xastaligi, ikkinchi toifa diabet va hatto saratonning ayrim shakllariga chalinish xavfi yuqori bo‘ladi. Shuningdek, ushbu vaziyatda vazn kamaytirishdan ko‘ra semirish osonroq. Ammo quyida ofisda o‘tirib ishlaydiganlar uchun qanday qilib vazn kamaytirish mumkinligini ma’lum qilamiz.

Taymer o‘rnating

Telefonga har 20 daqiqada chalinadigan signalni o‘rnatib, uni hech qachon e’tiborsiz qoldirmaslik lozim. Hech qanday maxsus mashqlarni bajarish shart emas, buning uchun qo‘shni xonaga, suv uchun sovitkichga yoki choynakni qo‘yish uchun oshxonaga borish talab etiladi. G‘alati, lekin bir necha daqiqa davom etadigan bu tanaffuslar metabolizm, vazn va sog‘liqqa ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Gazaklardan voz keching

Ofisda aksariyat xodimlarda vazn va sog‘lig‘i uchun foydali bo‘lmagan pechenye, shirinliklar va boshqa shakar hamda tuzga boy yegulik iste’mol qilish odati mavjud. Bu kabi yeguliklardan iloji boricha tiyilish tavsiya etiladi. Ular ko‘zga ko‘rinadigan joyda bo‘lsa, vasvasaga qarshi kurashish ancha qiyin. Shuning uchun vaznni kamaytirish hamda salomatlikka g‘amxo‘rlik qilish uchun zararli odatlarni bartaraf etish lozim.

Sog‘lom yeguliklarni ratsionga kiriting

Nonushtadan tushlikkacha va tushlikdan kechki ovqatgacha hech narsa iste’mol qilmaydigan odamlar kam. Albatta, sog‘lom mahsulotlar kichik bir qismi sog‘liq uchun ham, vazn uchun ham foydali. Ammo yuqorida keltirilgan zararli mahsulotlarga o‘rganib qolmaslik uchun mazali va xavfsiz bo‘lgan yong‘oq, quritilgan mevalar, yangi meva va sabzavotlar tanovul qilish tavsiya etiladi.

Ko‘proq suv iching

Ish kuni boshlanishidan oldin ish joyiga bir shisha suv qo‘yish kerak. Suvga bir necha bo‘lak yangi bodring, yalpiz, bir nechta yangi rezavorlar qo‘shish mumkin. Eng muhimi vaqti-vaqti bilan uni ichib turishni unutmaslik lozim. Ko‘pincha chanqoqni ochlik bilan adashtirishadi va haqiqatan ham inson chanqaganda ovqatlanadi. Bundan tashqari, doimo suv ichish orqali oshqozon sekinroq bo‘shaydi va ochlik faqat oldingi barcha ovqatlar to‘liq qayta ishlangan paytda paydo bo‘ladi. Shuningdek, organizmda suyuqlik yetarli bo‘lsa, u qabul qilingan kaloriyalarni va hatto yog‘larni energiya sarflash uchun yanada faolroq qayta ishlaydi.

Kechki ovqatdan keyin choy iching

Qahva o‘rniga kunning o‘rtasida ko‘k choy ichish tavsiya etiladi. Choyda ko‘p bo‘lgan teanin aminokislotasi dam olishga, tinchlanishga va stressdan xalos bo‘lishga yordam beradi. Bu band ish kunining o‘rtasida kerak bo‘lgan narsadir. Stress ko‘proq yeyishga va kaloriyali ovqatlarni tanlashga majbur qiladi. Bir piyola choy stress bilan kurashishga yordam beradi va shu bilan vazn kamayadi.

Press mashqlarini bajaring

Ushbu mashqning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, uni stoldan turmasdan bajarish mumkin. Chuqur nafas olib, nafas chiqarayotganda qorin bo‘shlig‘i mushaklari tortiladi, shunda oshqozon tom ma’noda umurtqa pog‘onasiga yopishadi. Sekin-astalik bu mashqni 10 tadan ko‘paytirish tavsiya etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda madaniyat uyi yongani rad etildi. U yerda xodimlar shashlik pishirish uchun ko‘mir yoqqan (video)
Dunyo
Rivojlanayotgan davlatlar uchun falokat: AQSH va Yevropa o‘rtasida savdo urushi bo‘lishi kutilyapti
Mahalliy
Farg‘ona va Namangan aeroportlarini quyuq tuman qopladi, reyslar kechikadigan bo‘ldi