Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning 2022-yil yanvar—fevral oylaridagi eksport va importida yuqori ulushga ega hamkor davlatlari nomini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston eksportida eng yuqori ulushga ega hamkor davlat bu Rossiya — 346,8 million dollar. Uchlikni Xitoy (310,5 million dollar) va Turkiya (238,4 million dollar) egallagan. To‘liq ro‘yxat quyidagicha:

  • Rossiya – 346,8 million dollar;
  • Xitoy – 310,5 million dollar;
  • Turkiya – 238,4 million dollar;
  • Qozog‘iston – 141,7 million dollar;
  • Qirg‘iziston – 115 million dollar;
  • Afg‘oniston – 94,6 million dollar;
  • Tojikiston – 65,3 million dollar;
  • Ukraina – 36,1 million dollar;
  • Eron – 23,7 million dollar;
  • Turkmaniston – 18,8 million dollar.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar—fevral oylarida O‘zbekiston importida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlat Xitoy (1 milliard 48 million dollar). Keyingi o‘rinlarda Rossiya (905,2 million dollar) va Qozog‘iston (478,5 million dollar) qayd etilgan.
  • Xitoy – 1 milliard 48 million dollar;
  • Rossiya – 905,2 million dollar;
  • Qozog‘iston – 478,5 million dollar;
  • Koreya – 395,7 million dollar;
  • Turkiya – 282,8 million dollar;
  • Germaniya – 162,3 million dollar;
  • Hindiston – 92,4 million dollar;
  • Turkmaniston – 90 million dollar;
  • Ukraina – 77,9 million dollar;
  • Braziliya – 65,2 million dollar.
O‘zbekistonning, 2022 yilning yanvar—fevral oylaridagi tashqi savdo aylanmasi 8,7 milliard dollarga teng bo‘lgan. Eksport 4,1 milliard dollarni, import 4,6 milliard dollarni tashkil etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ramzan Qodirovni tanqid qilgan chechenistonlik bloger o‘ldirib ketildi
Mahalliy
O‘zbekistonda talabalar uchun qishki ta’til muddati belgilandi
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi