Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Olimjon Mirzayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar qildi.

Foto: Madaniyat vazirligi

Foto: Madaniyat vazirligi

Qayd etilishicha, uning o‘rniga Murodjon Majidov tayinlangan. Bungacha u Vazirlar Mahkamasida mas’ul xodim sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Foto: Madaniyat vazirligi

Foto: Madaniyat vazirligi

Ma’lumot uchun, Olimjon Mirzayev 1981-yil 27-sentabrda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan. 2001-yil Toshkent elektrotexnika aloqa institutini, 2003-yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha telekommunikatsiya texnologiyalari, raqamli texnika va boshqaruv tizimlari mutaxassisi.

U 2017-2018 yillarda “Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi” davlat muassasasi direktorining birinchi o‘rinbosari, 2018—2019-yillarda Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi qoshidagi “Texnik ko‘maklashish markazi” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Olimjon Mirzayev 2019-yildan 2020-yil oktabriga qadar “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari sifatida ishlagan. Shu kunga qadar madaniyat vazirining madaniyat muassasalari va havaskorlik san’atini rivojlantirish, raqamlashtirish, axborot texnologiyalari va ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Dunyo
Pablo Eskobar buyrug‘i bilan portlatilgan Boeing, “Nevskiy ekspress” poyezdidagi terakt va sovet hukumatiga qarshi boshlangan Slutsk qo‘zg‘oloni. Kun xronologiyasi...
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi