Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 30-turida “Inter” 19-mart, shanba kuni “Fiorentina” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Milanda o‘tgan bahsda jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi. Lukas Torreyra 50-daqiqada hisobni ochib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, Denzel Dumfris muvozanatni tikladi va jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Shu tariqa “Inter” chempionat doirasidagi ketma-ket 2-bellashuvda ochko yo‘qotdi. Jamoa o‘tgan turda “Torino”ni safarda yenga olmagandi. Simone Inzagi shogirdlari 60 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Fiorentina” esa 47 ochko bilan 8-pog‘onani band etgan.

“Napoli” “Udineze” maydoniga safar qilib, 3 ochko bilan qaytdi.

A Seriya

30-tur bahslari

19-mart, shanba

“Inter” – “Fiorentina” 1:1

Gollar: 0:1 – 50 Torreyra, 1:1 – 55 Dumfris.

“Inter”: Handanovich, Dumfris, Dambrozio, Shkrinyar, Bastoni (Dimarko, 80), Perishich (Gozens, 80), Vidal (Kaysedo, 90), Chalxano‘g‘lu, Barella, Jeko (Korrea, 74), Martines (Sanches, 74).

“Fiorentina”: Terrachchano, Venuti, Igor Julio, Milenkovich (Martines, 90), Biragi, Dankan, Torreyra, Kastrovilli, Saponara (Ikone, 74), Piontek (Artur, 90), Gonsales (Kalyexon, 90).

Ogohlantirishlar: Milenkovich (38), Saponara (56), Dambrozio (71).

“Napoli” – “Udineze” 2:1

Gollar: 0:1 – 22 Deulofeu, 1:1 – 52 Osimxen, 2:1 – 63 Osimxen.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda so‘nggi sutkada 153 kishida koronavirus aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6-dekabr yog‘ingarchiliksiz o‘tishi kutilmoqda
Mahalliy
“IIV vakillari muammoni prokuraturaga yuklab, jamoatchilikni chalg‘itibdi” — o‘z pogonini yulib, ayolni qasddan aybdor qilmoqchi bo‘lgan IIB xodimi voqeasi yuzasid...